TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMIDA MARSHRUTLARNI GRUCTM-MPC MODELI ORQALI ADAPTIV BOSHQARISH
Main Article Content
Abstract
Ushbu tezisda transport-logistika tizimlarida marshrutlarni adaptiv boshqarish masalasi ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy sharoitda yuk oqimlarining ortib borishi, shahar infratuzilmasidagi tirbandliklar va yetkazib berish muddatlariga bo‘lgan talablarning kuchayishi an’anaviy statik marshrutlash usullarining samaradorligini pasaytirmoqda. Shu sababli, real vaqt rejimida o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha oladigan intellektual boshqaruv tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Mazkur ishda GRU (Gated Recurrent Unit) neyron tarmog‘i, CTM (Cell Transmission Model) makroskopik trafik modeli va MPC (Model Predictive Control) boshqaruv strategiyasini birlashtirgan gibrid arxitektura taklif etiladi. Taklif etilgan model transport oqimini qisqa muddatli prognozlash, tarmoq bo‘ylab oqimlarning fazoviy tarqalishini modellashtirish va bashorat gorizonti ichida optimal marshrut qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Natijada yetkazib berish vaqtini qisqartirish, transport xarajatlarini kamaytirish va tarmoq resurslaridan samarali foydalanishga erishiladi.
Downloads
Article Details
Section

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
How to Cite
References
Irgasheva U. A., Ergashev A. A. & Bo‘riboyev A. (2026). Sun’iy intellekt va big data asosida fan va ta’lim integratsiyasining ilmiy-nazariy asoslari. In Raqamli jamiyatda fan va ta’limning integratsiyalashuvi (pp. 267–270).
Irgasheva U. A. (2026). CNN arxitekturalari yordamida belgilarni avtomatik o‘rganish orqali yuzning individual xususiyatlarini aniqlash. In Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yosh olimlarning o‘rni (pp. 582–585).
Abdumalikov A. A. & Irgasheva U. A. (2022). Модель и алгоритмы процесса устройств контроля и мониторинга управления энергоснабжением. In Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari (pp. 334–336).
Model predictive control based on urban macroscopic fundamental diagram: A city-scale routing application. ScienceDirect, 2026.
Daganzo C.F. The Cell Transmission Model: A Dynamic Representation of Highway Traffic. Transportation Research Part B, 1994.
Mayne D.Q. et al. Constrained model predictive control: Stability and optimality. Automatica, 2000.