SAKSOVUL (HALOXYLON) O’SIMLIGINING POYASIDAN UREAZA FAOLLIGI YUQORI BO’LGAN ENDOFIT BAKTERIYALAR AJRATISH

Main Article Content

Umruzoqov A.A.

Abstract

Ureaza- amidaz gruppasiga kiruvchi gidrolitik ferment hisoblanib, ureaza azot va uglerod bilan birikkan amid birikmalar, masalan karbamidni gidroliz qiluvchi fermentdir. Orol dengizining qurigan tubida (44°12ʹ20.52ʺN, 58°51ʹ41.71ʺE) o’suvchi saksovul (Haloxylon) o’simligining poyasidan sirt sterilizatsiya usuli yordamida namunalar olindi. Namunalar Christensen's urea agarli ozuqasiga aseptik ravishda inkubatsiya qilindi hamda 32° haroratli termostatda 3-5 kun davomida saqlandi va bakteriyalarning o‘sish jarayoni har kuni kuzatib borildi. Inkubatsiyadan so’ng morfologik jihatdan har xil bo’lgan 4 ta endofit bakteriya izolyatlari (36, 48, 53, K.16) tanlab olindi. Tanlab olingan endofit bakterial izolyatlarning ureaza faolligiga hamda kalsiylantirish xususiyatlariga qarab skrining testi amalga oshirildi.

Downloads

Download data is not yet available.

Article Details

Section

Articles

How to Cite

Umruzoqov, A. (2025). SAKSOVUL (HALOXYLON) O’SIMLIGINING POYASIDAN UREAZA FAOLLIGI YUQORI BO’LGAN ENDOFIT BAKTERIYALAR AJRATISH. Konferensiyalar, 1(1), 336-336. https://doi.org/10.5281/

Most read articles by the same author(s)

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>