SAKSOVUL (HALOXYLON) O’SIMLIGINING POYASIDAN UREAZA FAOLLIGI YUQORI BO’LGAN ENDOFIT BAKTERIYALAR AJRATISH
Main Article Content
Abstract
Ureaza- amidaz gruppasiga kiruvchi gidrolitik ferment hisoblanib, ureaza azot va uglerod bilan birikkan amid birikmalar, masalan karbamidni gidroliz qiluvchi fermentdir. Orol dengizining qurigan tubida (44°12ʹ20.52ʺN, 58°51ʹ41.71ʺE) o’suvchi saksovul (Haloxylon) o’simligining poyasidan sirt sterilizatsiya usuli yordamida namunalar olindi. Namunalar Christensen's urea agarli ozuqasiga aseptik ravishda inkubatsiya qilindi hamda 32° haroratli termostatda 3-5 kun davomida saqlandi va bakteriyalarning o‘sish jarayoni har kuni kuzatib borildi. Inkubatsiyadan so’ng morfologik jihatdan har xil bo’lgan 4 ta endofit bakteriya izolyatlari (36, 48, 53, K.16) tanlab olindi. Tanlab olingan endofit bakterial izolyatlarning ureaza faolligiga hamda kalsiylantirish xususiyatlariga qarab skrining testi amalga oshirildi.
Downloads
Article Details
Section

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.